O‘zbekiston | 11:07 / 03.09.2015
3553
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston milliy banki 95 investitsion loyihani chet el banklari kreditlari hisobidan moliyalashtirdi

O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki chet el banklarining kreditlari hisobidan 95 investitsion loyihani moliyalashtirdi. Bu haqda bank saytida joylashtirilgan xabarnomadan ma'lum bo‘ldi.

Loyihalarning umumiy qiymati 4.34 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Bank mahalliy xom ashyoni qayta ishlash hajmini o‘stirish va ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish bo‘yicha eksportchi korxonalar tashkil qilish loyihalarini moliyalashtirishga alohida e'tibor qaratadi. Xususan, ushbu sohaga yil boshidan buyon bank tomonidan 175 mlrd so‘m kredit ajratildi.
Iste'mol va noiste'mol tovarlari ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan kreditlar miqdori yil boshidan buyon 314 mlrd so‘mni tashkil qildi.