Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda pensiyalar qaytadan hisoblab chiqiladi
O‘zbekiston moliya vaziri prezidentning 26 avgustdagi “Ish haqi, pensiya, stipendiya va yordam pullari hajmini ko‘tarish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq pensiyalarni qaytadan hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi.
1 sentabrdan belgilangan pensiyalar miqdori 1.1 barobarga oshiriladi. Pensiyalarni qayta hisoblash o‘rta oliy daromad asosida 8 minimal maoshdan oshiq bo‘lmagan summada amalga oshiriladi (1 041 920 so‘m).
Agar yangi o‘rtacha daromad miqdori yuqorida ko‘rsatilgan summaga teng bo‘lsa yoki undan ortib ketsa, pensiya 1 041 920 so‘m so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda qaytadan belgilab chiqiladi.
Pensiya belgilash uchun yetarli staj bo‘lmagan taqdirda pensiya miqdori mavjud stajga ko‘ra aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 1 sentabridan quyidagi minimallar belgilab berilgan:
Eng kam ish haqi – 130 240 so‘m;
Eng kam yosh pensiyasi – 254 730 so‘m;
Nogironlarga yordam puli – 254 730 so‘m;
Zaruriy mehnat stajiga ega bo‘lmagan keksalar va mehnatga layoqatsiz shaxslarga yordam puli – 156 310 so‘m.