Sport | 14:41 / 03.09.2015
1966
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik gandbolchi qizlar yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashadi

2 sentabr kuni gandbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan jahon chempionati uchun yo‘llanmaga ega chiqdi.

18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar orasidagi ushbu chempionat Hindiston poytaxti Nyu-Deli shahrida o‘tkaziladi.

Bu yo‘llanmani O‘zbekiston vakillari Osiyo chempionatida beshinchi o‘rin uchun bahsda Xitoy Taypey jamoasini 22:20 hisobida mag‘lub etish orqali qo‘lga kiritishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish