Jahon | 19:52 / 03.09.2015
13332
2 daqiqa o‘qiladi

Pekindagi G‘alaba paradi: harbiy orkestrdan tortib qiruvchi samolyotlargacha

3 sentabr kuni Pekinning Tyananmen maydonida Xitoy xalqining Yaponiya militarizmi ustidan g‘alabasi hamda Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan tantanavor harbiy parad uyushtirildi. Unga 12 ming harbiy xizmatchi va 500 texnika birligi, shuningdek, 200 samolyot jalb qilindi. Qiyos uchun, shu yili Moskvada bo‘lib o‘tgan paradda 16 ming harbiy xizmatchi va 200 texnika birligi ishtirok etgan edi.

1960 yilda Xitoyda g‘alaba paradlarini har 10 yilda bir marotaba o‘tkazish haqida qaror qabul qilingan edi. Oxirgi parad 2009 yilda o‘tkazilgan edi. Shunga qaramay, 2015 yilda 70 yilli yubiley munosabati bilan yana bir bor parad o‘tkazishga qaror qilindi.

Bundan tashqari, bu Xitoydagi boshqa davlatlar rahbarlari taklif qilingan birinchi parad bo‘ldi.

Xitoyga 50 davlat rahbarlari va vakillari, shuningdek, BMT bosh kotibi Pan Gi Mun tashrif buyurdi. Tantanalarda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov ham qatnashdi.
Harbiy parad yurishida boshqa davlatlar qurolli kuchlarining alohida qismlari qatnashdi.

Boshqa ko‘plab harbiy texnika namunalari qatorida, parad mehmonlari “aviatashuvchilar qotili” nomi bilan mashhur, 1 450 km masofadan nishonga urish salohiyatiga ega Dongfeng-21D ballistik raketalarini ham ko‘rishi mumkin bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish