Jahon | 09:18 / 03.09.2015
2284
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Kiyevdagi tartibsizliklarni Rossiyaning ishi deb baholamoqda

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 31 avgust kuni Kiyevda yuz bergan tartibsizliklarda Rossiyani aybdor deb hisoblamoqda. U bu haqda Sky News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Poroshenko Rossiya Ukrainadagi vaziyatni “barqarorsizlashtirish bo‘yicha kampaniyani” boshladi, deb aytdi.

Uning aytishicha, Rossiyaning harakatlarini “oldindan aytib bo‘lmaydi”.

Shu bilan birgalikda, Poroshenko o‘zining xavfsizligi to‘g‘risidagi savolga uning prezidentlik lavozimi dunyodagi eng qiyinlaridan biri bo‘lsa ham, shaxsiy xavfsizligi borasida xavotirlanmayotganini ta'kidlagan.