Jahon | 16:35 / 03.09.2015
4062
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenkoning saytiga Saakashvilini bosh vazirlikka tayinlash haqida petitsiya joylashtirildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning matbuot xizmati saytida Odessa viloyati hokimi Mixeil Saakashvilini bosh vazirlikka tayinlash haqidagi petitsiya joylashtirildi.
Petitsiya muallifining fikricha, Saakashvili Ukrainada zaruriy islohotlar o‘tkazib, korrupsiyani yo‘q qilishga qodir siyosatchidir.

Ayni paytda petitsiya 823 kishi tomonidan imzolandi. Tashabbus ko‘rib chiqilishi uchun uni 25 ming kishi imzolashi kerak.