Qozog‘istonning Uralsk shahrida o‘zbekistonliklarni Rossiyaga noqonuniy ravishda o‘tkazish bilan shug‘ullangan guruh sud qilindi
Qozog‘istonning Uralsk shahrida 2014 yilning may oyidan 2015 yilning aprel oyiga qadar O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaga noqonuniy ravishda o‘tkazish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh sud qilindi va jazoga tortildi.
UN nashrida ma'lum qilinishicha, Uralsk shahri sudi noqonuniy migratsiya xizmatini ko‘rsatish bilan shug‘ullangan 11 kishidan iborat ushbu guruhning 6 nafariga ozodlikdan mahrum etish haqid hukm chiqargan. Qolganlarga nisbatan esa jarima jazosi qo‘llangan.
Sudda aytilishicha, bu guruhning nafar a'zosi qozog‘istonliklar, yana 2 nafari O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi.
"6 nafar jinoyatchiga 4 yilgacha umumiy tartibdagi qamoq jazosini o‘tash tayinlandi. Yana 5 kishi esa eng kam ish haqining 50 baravaridan 200 baravarigacha bo‘lgan miqdordagi jarimalarni to‘lashi belgilab qo‘yildi", deyiladi sud qarorida.