Jahon | 10:33 / 03.09.2015
1674
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Afg‘onistonning 150ta MI-8 vertolyotlariga xizmat ko‘rsatadi

“Vertolyoty Rossii” xoldingi Afg‘oniston bilan ushbu mamlakatga yetkazib berilagn 150ta MI-8 vertolyotlarining xavfsiz ekspluatatsiyasini ta'minlab berish borasida hamkorlik qilishga tayyor.

Bu haqda xolding bosh direktorining savdo bo‘yicha o‘rinbosari Grigoriy Kozlov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“AQSh mudofaa vazirligi bilan tuzilgan shartnoma asosida 2014 yili Rossiya Afg‘oniston armiyasiga Mi-17V-5 harbiy-transport vertolyotlarini yetkazib bergan edi. Jami 63 vertolyot yetkazib berilgan edi. Afg‘oniston qurolli kuchlarida Mi-8 toifasidagi jami 150ta vertolyot bor.

Ularning barchasi zamonaviy va sifatli servis bilan ta'minlanishi kerak. Bizning xolding afg‘onistonlik do‘stlarni mana shunday xizmatlar bilan ta'minlashga tayyor”, - dedi Kozlov.
Aytilishicha, ushbu vertolyotlarning yetkazib berilishi Afg‘onistonning xavfsizligini ta'minlash yo‘lida Rossiya va AQSh tomonidan amalga oshirilgan hamkorlikdagi tadbirlardan biridir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish