Iqtisodiyot | 19:19 / 03.09.2015
5130
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik tadbirkor Kerimovning 20 yoshli o‘g‘li yirik oltin qazib olish kompaniyasi nazoratini o‘z qo‘liga oldi

Rossiyalik tadbirkor Suleyman Kerimovning 20 yoshli o‘g‘li Said Kerimov mamlakatdagi yirik oltin qazib olish kompaniyalaridan biri — Polyus Gold ustidan nazoratni o‘z qo‘liga oldi. Bu haqda London birjasi xabarida qayd etildi.

Said Polyus Gold kompaniyasining 40,2 foiz aksiyasiga egalik qiluvchi Wandle Holdings`ga uning menejmenti va direktorlarini tayinlash huquqi bilan ega bo‘ldi.

Shartnoma qiymati oshkor qilinmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish