Jamiyat | 18:04 / 03.09.2015
5497
1 daqiqa o‘qiladi
Sardor Rahimxon televideniyeda boshlovchilik qilmoqda
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon "Mening yurtim" nomli telekanalda boshlovchi sifatida ish boshladi. Bu haqda uning o‘zi "Darakchi" nashriga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
"Mening boshlovchiligimdagi ko‘rsatuv har haftaning yakshanba kundari efirga uzatiladi", deydi qo‘shiqchi.
Ma'lumot uchun, Sardor Rahimxon bundan avval bir qancha radiokanallarda ham faoliyat ko‘rsatgan.
Biroz oldinroq, u biznesda omadsizlikka uchrab, ijodda tanaffusga chiqishga majbur bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi.