Fan-texnika | 11:23 / 03.09.2015
3161
2 daqiqa o‘qiladi

Siemens kompaniyasi IFA 2015 ko‘rgazmasida yangi flagman smartfonlarini namoyish qildi

Har yili o‘tkaziladigan IFA 2015 iste'molchilik elektronikasi ko‘rgazmasida Siemens kompaniyasi o‘zining yangi Gigaset brendi ostidagi yangi smartfonlarini namoyish qildi, deb yozmoqda Android Headlines nashri.

Yangi modellar qatori uchta modeldan iborat: Gigaset ME, Gigaset ME Pro va Gigaset ME Pure.

Gigaset ME 1920x1080 pikselli 5 dyuymli ekran bilan jihozlangan va 1,8 GGts takt chastotasiga ega bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 810 protsessorida ishlaydi.

Tezkor xotira 3 Gb, doimiy xotira 32 Gbni tashkil qiladi va 128 Gbgacha oshirilishi mumkin. 15 Mpli asosiy va 5 Mpli old kameraga ega. Akkumulyator sig‘imi 3000 mA-soatni tashkil qiladi. Smartfon ikkita SIM-karta va LTE tarmog‘ida ishlaydi hamda barmoqlar skaneriga ega.

Gigaset ME PRO modeli kattaroq o‘lchamga ega. Qurilma 1920x1080 pikselli 5,5 dyuymli ekran bilan jihozlangan, quvvatliroq 4000 A-soat batareyaga va 20 Mpli kameraga ega. Qurilmaning og‘irligi 195 grammni tashkil qiladi.

Ushbu modellar qatorida eng oddiysi Gigaset ME Pure hisoblanadi. Qurilma Snapdragon 615 protsessorida ishlaydi, 13 Mpli asosiy kamera va 2 Gb tezkor xotiraga ega. Ichki o‘rnatilgan flesh-xotira 16 Gb hajmga ega. Biroq akkumulyatori Gigaset ME’nikidan kuchliroq va 3200 MA-soatni tashkil qiladi.

Yangi qurilmalar joriy yilda sotuvga chiqariladi. Gigaset ME PRO 549 yevro, Gigaset ME 469 yevro va Gigaset ME Pure 349 yevrodan sotilishi rejalashtirilgan.