Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tergov qo‘mitasi: Rossiya ukrainalik qochqinlarga 4 mlrd rubl sarfladi
Rossiya Donbassdagi harbiy harakatlar zonasidan kelgan qochqinlarni o‘z hududida joylashtirishga 4 mlrd rubl sarfladi. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikinga taqdim etilgan hisobotda bayon etilgan.
“Rossiya Federatsiyasi sub'yektlaridan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, ukrainalik qochqinlarni joylashtirish yuzasidan federatsiyaga 4 mlrd rubl zarar yetgan”, - deyiladi hisobotda.
Ilgariroq tergov qo‘mitasi tomonidan Bastrikin tahriri ostida Donbasda sodir etilgan “Jinoyatlar oq kitobi” nashr etilgan edi.
Shu yilning yozida Rossiyada ukrainalik 336 ming qochqin joylashgani xabar qilingan edi.