O‘zbekiston | 11:56 / 03.09.2015
2775
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentlik ayolning uyidan 17 mln so‘m va zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
Toshkentlik ayolning uyidan 17 mln so‘m va zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi Venera ismli ayol IIBga ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxslar tomonidan uyidan 12.5 mln so‘m, 1050 dollar va 8 turdagi zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketilganini ma'lum qilgan.
Mazkur ariza asosida olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida jinoyatchi qo‘lga olingan. U shu tumanda yashovchi Sherzod ismli yigit ekanligini aniqlangan.