Jahon | 10:18 / 03.09.2015
1745
1 daqiqa o‘qiladi
Vashington politsiyasi 2.3 mln dollarlik 117 kg sintetik narkotiklarni ushlab qoldi
Chorshanba kuni Vashington politsiyasi 2.3 mln dollarlik 117 kg sintetik narkotiklarni topib, musodara qildi. Ma'lum qilinishicha, bu poytaxt shahar politsiyasi uchun o‘ziga xos rekord bo‘lgan.
Giyohand moddalar partiyasi Vashingtonga AQShning g‘arbiy qirg‘og‘idan yuborilgani aniqlangan.
Operatsiya davomida, shuningdek, giyohvand moddalarni saqlash va tarqatishda gumon qilinayotgan ikkita erkak qo‘lga olingan. Ulardan har biri 20 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.