Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda “KamAZ”, Rossiyada Hawtai yengil avtomobillari ishlab chiqariladi
Rossiyaning KamAZ kompaniyasi va Xitoyning Hawtai Motor Group korporatsiyasi hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu haqda rus avto ishlab chiqaruvchisi o‘z saytida ma'lum qilgan.
Qo‘shma korxona Xitoyda “KamAZ” yuk mashinalarini, Rossiyada esa Hawtai yengil avtomobillari ishlab chiqariladi.
“KamAZ qo‘shma korxona ustav kapitali uchun Rossiyada ishlab chiqarish maydonini ajratib, yuk avtomobillari ishlab chiqarish texnologiyalari va boshqaruv resurslarini kiritadi. O‘z navbatida, Hawtai Motor Group kompaniyasi qo‘shma korxona uchun yengil konstruktorlik ishlanmalari va avtomobillar sohasidagi boshqa nou-xaularni taqdim etadi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, xitoy yengil avtomobillarini ishlab chiqarish KamAZ maydonlarida yo‘lga qo‘yiladi. “KamAZ” yuk avtomobillari uchun esa Xitoyning Tyantszin shahrida yangi zavod barpo etilishi rejalashtirilgan. Avtomobillar savdosi bo‘yicha umumiy choralar ko‘riladi.