Jahon | 17:41 / 03.09.2015
2529
1 daqiqa o‘qiladi
Xominaiy: Eronga qarshi sanksiyalar olib tashlanishi kerak, to‘xtatilishi emas
Eron diniy rahnamosi Oyatulloh Ali Xominaiy mamlakatga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar saqlanib qolsa, yadroviy dastur to‘g‘risida hech qanday bitim bo‘lmasligini ma'lum qildi. Bu haqda Press TV xabar bermoqda.
“Eronga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar olib tashlanmasa, shartnoma bo‘lmaydi. Ular (sanksiyalar — kun.uz) olib tashlanishi kerak, to‘xtatilishi emas”, – dedi Xominaiy.
Avvalroq AQSh prezidenti Barak Obama Kongressning Eron yadro dasturi to‘g‘risidagi bitimga qarshi qo‘llagan vetosini bekor qilish uchun zarur bo‘lgan 34 senatorning qo‘llab-quvvatlashiga erishgan edi.