Jahon | 23:08 / 03.09.2015
2730
2 daqiqa o‘qiladi

Xorvatiya tashqi ishlar vaziri Vesna Pusich o‘zining nomzodini BMT Bosh kotibi lavozimiga qo‘yishini ma'lum qildi

Xorvatiyaning tashqi va Yevropa ishlari bo‘yicha vaziri Vesna Pusich Xorvatiya hukumati uning nomzodini keyingi BMT Bosh kotibi lavozimiga qo‘yish haqida qarorni qabul qilganini ma'lum qildi. 

Pusichning aytishicha, bunday qarorni aynan hukumat qabul qiladi, prezident bunda ishtirok etmaydi. Biroq Pusich bu qarorni prezident Kolinda Grabar-Kitarovich ham qo‘llab-quvvatlashini istashini aytib o‘tdi.

Vazirning aytishicha, BMTda 11 sentabrda keyingi bosh kotibni saylashning amaldagi saylash tartibidan birmuncha farq qiluvchi tartibini qabul qilish bo‘yicha konsensusga erishildi. Pusich bosh kotibni saylash jarayoni “juda murakkab” ekanligini hamda nomzodning qo‘yilishi u saylanadi deganini anglatmasligini, biroq bu o‘z nomzodlarini taklif qilgan davlatlarning “ko‘proq sezilarliroq” bo‘lishga imkon berishini ta'kidlab o‘tdi. Pusich uning bu lavozimga saylanishi dargumonligini, biroq bunda Xorvatiyaning ishtirok etishining o‘zi unga “o‘zini namoyon qilishga” imkon berishini tan oldi.

BMTning amaldagi bosh kotibi vakolati 2016 yilning dekabrida o‘z nihoyasiga yetadi.