Texnologiya | 19:33 / 03.09.2015
2625
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada mushuklar uchun panoramali xarita namoyish qilindi

Xirosima prefekturasi Cat Street View panoramali xaritasini ishlab chiqdi. Undagi tasvir mushuk bo‘yidagi balandlikdan olingan, deb xabar bermoqda WSJ nashri. 

Xaritani yaratish uchun Google Street View xaritalarini yaratish uchun ishlatilgan qurilmadan foydalanilgan. Ayni paytda bu xarita Xirosima shahridan sharqqa tomon 70 km uzoqlikda joylashgan Onomiti shahridagi tumanlarni o‘z ichiga qamrab olgan.

Cat Street View boshqa interfaol xaritalarning ko‘plab funksiyalarini, jumladan kameraning egilish burchagini o‘zgartirish va mahalliy muassasalar haqida batafsil ma'lumot olish funksiyalarini o‘z ichiga olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish