Jahon | 20:07 / 04.09.2015
3131
1 daqiqa o‘qiladi

“Exo Moskvy” bosh muharriri “Snob” nashri bilan birlashish haqidagi xabarni safsata deb atadi

“Exo Moskvy” radiostansiyasi bosh muharriri Aleksey Venediktov o‘zining tvitterida radiostansiya sayti “Snob” nashri bilan birlashishi haqida tarqalgan xabarni safsata deb atadi. 

“Snob” bilan bog‘liq xabar – safsata. Men “Aeroflot” emasman”, deyilmoqda xabarda.
Bundan avval RIA “Novosti” axborot agentligi muzokaralarga yaqin manbaga iqtibos keltirgan holda “Exo Moskvy” radiostansiya sayti va “Snob” nashri birlashishga tayyorlanayotgani haqida xabar bergan. Manbaning aytishicha, bu sarf-xarajatlarni kamaytirib, saytni reklama beruvchilarga jozibadorroq qilishi maqsadida qilingan.

4 sentabr kuni Venediktov hamda “Snob” manbalari “Rossiya segodnya” va “TASS” axborot agentliklari qo‘shilishi mumkinligi haqida xabar berishgan. “Rossiya segodnya” axborot agentligida bu xabar inkor etilgan.