Jahon | 15:19 / 04.09.2015
2249
1 daqiqa o‘qiladi

2035 yilgacha “Rosneft”ning Xitoy bilan hamkorligi hajmi 500 mlrd dollarni tashkil qiladi

2035 yilgacha “Rosneft”ning Xitoy bilan hamkorligi hajmi 500 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu haqda kompaniya prezidenti Igor Sechin Sharqiy iqtisodiy forum chog‘ida bayonot berdi.

“Umumiy tovar aylanmasini inobatga olganda, 2035 yilgacha kompaniyaning Xitoy bilan hamkorligi hajmi 500 mlrd dollarni tashkil qiladi”, - ta'kidladi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda Rossiya kompaniyalari yiliga 700 mln tonna neft qazib ola boshlaydi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich 526.75 mln tonnaga yetgan edi.
Birinchi Sharqiy iqtisodiy forum Rossiyaning Vladivostok shahrida bo‘lib o‘tmoqda. U 5 sentabr kuni yakuniga yetadi.