08:39 / 04.09.2015
11084

3 sentabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar o‘ntaligi

3 sentabr kuni O‘zbekiston va dunyoda ko‘pdan-ko‘p qiziqarli va diqqatni tortuvchi xabarlar ro‘y berdi. Kun.uz sayti shunday ommabop va ko‘p muhokama qilingan xabarlarning saralangan o‘ntaligini tuzib chiqdi.

Poroshenkoning saytiga Saakashvilini bosh vazirlikka tayinlash haqida petitsiya joylashtirildi>>

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning matbuot xizmati saytida Odessa viloyati hokimi Mixail Saakashvilini bosh vazirlikka tayinlash haqidagi petitsiya joylashtirildi.

 

BMT: "IShID" bir qator mag‘lubiyatlardan keyin o‘z taktikasini o‘zgartirdi>>

"IShID" jangarilari kurdlar bilan janglar davomida Suriyadagi bir qancha hududlarini boy berdi.

 

“Domodedovo”dagi yong‘indan fotosuratlar>>

3 centyabr kuni Moskva shahridagi “Domodedovo” aeroportining yukxonasida yong‘in kelib chiqdi. Yong‘in maydoni bor-yo‘g‘i 15 m maydonni qamrab olgan bo‘lsa-da, tutun tufayli aeroport binosidan yo‘lovchilar va personal, jami 3 ming kishining evakuatsiya qilinishi katta to‘polonni keltirib chiqardi.

 

Aren Robben: Kosta raqiblarni hurmat qilishi va bunday finti bilan ularni kulgili holga solmasligi kerak edi>>

"Bavariya" jamosining gollandiyalik yarimhimoyachisi Aren Robben o‘zining yangi jamoadoshi Duglas Kostani tanqid qilib chiqdi.

 

Bredli Kuper Irina Sheykning qo‘lini so‘radi>>

G‘arb matbuotida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Gollivud aktyori Bredli Kuper rossiyalik modeler Irina Sheykdan o‘ziga turmushga chiqishini so‘radi.

 

Amerikadagi bodibilding jurnali Putinning jismoniy mashg‘ulotlarini tanqid qilib, Medvedevni maqtadi>>

Amerikada chop etiluvchi bodibildingga bag‘ishlangan Muscle & Fitness jurnali Rossiya prezidenti Vladimir Putinning jismoniy mashg‘ulot o‘tkazish ko‘nikmalarini tanqid qildi.

 

Obama alyaskacha raqs ijro etdi>>

AQSh prezidenti Barak Obama Alyaska xalqlarini raqsini ijro etdi. ABC News’ning xabar berishicha, davlat rahbari Alyaskaga uyushtirilgan uch kunlik safarining yakunida Dillingxemdagi maktabga tashrif buyurgan. O‘quvchilar unga mahalliy xalqlarning raqslari va qo‘shiqlaridan iborat tomosha ko‘rsatishgan.

 

Chexiyaning “Banik” klubi bosh murabbiyi o‘z futbolchilarini kubok musobaqasidan chiqib ketgani uchun antiqa yo‘l bilan jazoladi>>

Bosh murabbiy qarori bilan jamoa futbolchilari 5 kun davomida 7 dan 9 gacha jamoa bazasining qurilish ishlarida yordam beradigan bo‘lishdi.

 

Avstraliyaning eng paxmoq qo‘yi rekord o‘rnatdi>>

Avstraliyadagi eng paxmoq qo‘yning yunglari ilk bor qirqib olindi, deya xabar berdi The Daily Mail. Gazetaning qayd etishicha, jonivordan qariyb 40,5 kilogrammlik yung qirqib olingan.

 

Olimlar erkaklarga opasi bor qizlar bilan turmush qurishni tavsiya qildi>>

Yangi Zelandiya va Shvetsiya olimlari maxsus tadqiqot o‘tkazib, ayollarning tug‘ilish tartibi va kelajakdagi tana vazni indeksi o‘rtasidagi mutanosiblikni ko‘rsatib berishdi. Aniqlanishicha, opalari bor qizlar sog‘lom farzand ko‘rish bilan bir qatorda, to‘lishishga moyil bo‘lmaydi.

Top