Jahon | 01:22 / 04.09.2015
11593
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh qirg‘oqlarida Rossiyaga tegishli josus suv osti kemasi aniqlandi
AQSh harbiylari Jorjiya shtatidagi Kings-bey harbiy-dengiz bazasi hududida razvedka uchun mo‘ljllangan suv osti kemasini aniqlashdi, deb xabar bermoqda Fox News telekanali.
Harbiylar kemaning harakatlanishini uning Atlantika okeanida suzayotganidan beri uzoq vaqt davomida kuzatib kelmoqdalar. Ma'lum qilinishicha, kema hozir Kuba tomon harakatlanmoqda va AQSh sohilidan 300 mil (482 km) narida suzmoqda.
Kings-bey harbiy-dengiz bazasida “Ogayo” sinfidagi suv osti kemalariga xizmat ko‘rsatiladi.