Sport | 16:45 / 04.09.2015
2370
1 daqiqa o‘qiladi

"Bavariya" qochqinlar uchun xayriya sifatida million yevro ajratadi

Germaniyaning "Bavariya" jamoasi Yevropada paydo bo‘lgan muhojirlar muammosiga befarq bo‘lmasligini va qochqinlarga yordam sifatida 1 mln yevro miqdoridagi mablag‘ni xayriya qilishini bildirdi.

Bundan tashqari, myunxenliklar qochqinlar uchun alohida baza tashkil qilib, u yerda muhojirlarning futbol bilan shug‘ullanishi va ovqatlanishi uchun imkoniyat yaratib berishni rejalashtirishgan.

Shuningdek, 12 sentabr kuni bundesliganing navbatdagi turida "Augsburg"ga qarshi o‘yinda jamoa futbolchilari o‘z yonlarida muhojirlarning bolalarini ham yetaklagan holda maydonga tushish orqali bu muammoga jahon e'tiborini qaratishi mo‘ljallangan.

"Bavariya" rahbariyati vakili Karl-Xaynts Rummeniggening aytishicha, jamoa bu orqali o‘zining jamoatchilik oldidagi burchini bajaradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish