Jahon | 00:45 / 04.09.2015
3648
1 daqiqa o‘qiladi

Belarus Ukraina bilan chegarasini dronlar yordamida qo‘riqlaydi

Belarus davlat chegara qo‘mitasi Belarus-Ukraina chegarasini qo‘riqlashni kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda. Buning uchun yangi chegara zastavalari yaratilmoqda va chegara zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlanmoqda, deb aytdi Belarus televideniyesiga davlat chegara qo‘mitasi raisi Leonid Maltsev.

Maltsevning aytishicha, chegaraning “eng zamonaviy texnik vositalar” qo‘llagan holda muhandislik jihozlanishi amalga oshirilmoqda. Maltsev, shuningdek, har bir zastavada ikki turdagi uchuvchisiz parvoz qurilmalari joriy qilinayotganini ma'lum qildi.
Maltsevning aytishicha, chegaraning ukrain qismida “zastavalar nazorat qilish tamoyilidan javob berish tamoyiliga” o‘tildi. Maltsev, shuningdek, Ukrainadan muhojirlar oqimi qattiq nazorat qilinayotganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.