Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada 3 yildan ziyod vaqt mobaynida bo‘sh turgan do‘konlar soni 10 mingga yaqinlashdi
Britaniyada uzoq muddat davomida bo‘sh turgan do‘konlar soni 9650tagacha ortdi, deya yozmoqda Financial Times.
Faqatgina so‘nggi yarim yil davomida foydalanilmayotganiga uch yildan oshgan do‘konlar soni 24 foizga ko‘paygan. Ushbu maskanlarining likvidliligi — samaradorligi past bo‘lib, noqulay hududda joylashgan yoki savdo maydonlari hajmi o‘zini oqlamaydi.
Shu bilan birga, mamlakatdagi savdo maydonlarining umumiy vakant ulushi 0,2 foiz puntkiga pastlab, 11,7 foizga yetgan. Uelsda vakantlilik darajasi 15 foizni tashkil etsa, Londondagi 7,9 foiz savdo maydonlari bo‘shab qolgan.