Jahon | 23:07 / 04.09.2015
2586
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya suriyaliklarga yordam sifatida 100 mln funt sterling ajratadi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron mamlakat suriyalik muhojirlar inqirozini hal qilish maqsadida yana 100 mln funt insonparvarlik yordami ajratishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Men shuni ma'lum qilishim mumkinki, biz yana 100 mln funt taqdim qilamiz. Bu summa bilan qo‘shib hisoblanganda bizning umumiy yordamimiz 1 mlrd funtdan ko‘proqni tashkil qiladi. Bu Buyuk Britaniya tomonidan gumanitar inqirozni hal qilish uchun ajratilgan eng katta moliyaviy ko‘makdir”, deb aytdi Kemeron.

Kemeronning ta'kidlashicha, bu mablag‘lardan 60 mln funti o‘z yurtida qolgan Suriya aholisiga yordam sifatida ajratiladi. Qolgan 40 mln funt Suriyaga yaqin davlatlar – Turkiya, Iordaniya va Livanga yo‘naltiriladi. Kemeronning aytishicha, aynan shu davlatlarda hozirda suriyaliklar aholining to‘rtdan bir qismini tashkil qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish