Texnologiya | 23:02 / 04.09.2015
4253
2 daqiqa o‘qiladi

Chrome brauzeri sarflaydigan xotira hajmini kamaytiradi

Chrome brauzeri ishlab chiquvchilari brauzerning yangi versiyasida brauzer tomonidan iste'mol qilinadigan xotira va batareya resurslarini kamaytirishga urg‘u berdilar. Bu haqda ular Chrome’ning rasmiy blogida ma'lum qildilar. 

Sarflanadigan xotira hajmini qisqartirish uchun Google Chrome qaysi vkladkalardan biri kamroq faolligini aniqlab, avvalgi sessiyada ko‘proq ishlatilgan vkladkalar birinchi navbatda ochilishi uchun xotira resurslarini faol ishlayotganlarga “tashlaydi”. Chrome noutbukning quvvatini tejash maqsadida boshqa vkladkalarda ishlatilmayotgan turli plaginlarni (masalan, Flash Player) o‘chirib qo‘yadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, bu quvvatlash qurilmasidan uzib qo‘yilgan noutbukning 15 foiz ko‘proq ishlashiga imkon beradi.
Chrome brauzeri tomonidan ishlatiladigan katta miqdordagi resurslar internet-foydalanuvchilar orasida haqiqiy memga aylangan.

Avvalroq Chrome brauzeri o‘rniga Safari brauzerini ishlatish MacBook noutbukining bir soatga ko‘proq ishlashiga imkon berishi ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish