Jahon | 17:05 / 04.09.2015
2726
1 daqiqa o‘qiladi
DefenceNews: BAA hukumati “Mistral”lardan birini sotib olish istagida
BAA hukumati vakili mamlakat Fransiyadan Rossiya buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan “Mistral”lardan birini sotib olish istagida ekanini tasdiqladi, deya xabar berdi DefenceNews.
“Haqiqatdan ham, qurolli kuchlarimiz ehtiyoj sezayotgan harbiy kemani sotib olish bo‘yicha qiziqishimiz mavjud”, – deya ma'lum qilgan axborot manbasi.
Avvalroq Fransiya Rossiyaga “Mistral” vertolyot tashish kemasi uchun to‘lagan tovon pulining aniq miqdori 949 754 859 yevro ekanini oshkor qilgan edi.