Jahon | 11:20 / 04.09.2015
2350
2 daqiqa o‘qiladi

Devid Kemeron: Yevropadagi migratsion inqirozni hal qilish uchun Liviyada yangi hukumat shakllantirish kerak

Yevropadagi migratsion inqiroz Suriya prezidenti Bashar Asad, “IShID” terrorchilik guruhi hamda Yaqin Sharq va Afrika aholisiga qonunni chetlab o‘tib, ularni Yevropaga yetkazish bo‘yicha xizmatlarni taklif qilayotgan kontrabandachilarning xatti-harakatlari tufayli yuzaga keldi, deb aytdi o‘z nutqida Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron. Kemeron navbatdagi galda ushbu masalaning “umumiy yechimini” topishga chaqirmoqda

“Muammoni Yevropaga yanada ko‘proq odamlarni kiritish bilan hal qilib bo‘lmaydi. Buni hal qilishda Liviyada yangi hukumatni shakllantirish hamda Suriyadagi vaziyatni tinchlik bilan hal qilishni o‘z ichiga olgan har tomonlama puxta yondoshuv zarur”, deb aytmoqda Kemeron.

Kemeronning ta'kidlashicha, Yevropadagi ushbu vaziyat uchun “eng katta javobgarlik” “prezident Asad, “IShID” qotillari va odamlar bilan jirkanch savdo qilishni amalga oshirayotgan jinoiy guruhlar” zimmasidadir.

“Muammoni keltirib chiqarayotganlarning barchasiga bir vaqtning o‘zida qat'iy choralar ko‘rish zarur”, deb ta'kidlamoqda Kemeron.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish