Iqtisodiyot | 18:20 / 04.09.2015
2720
1 daqiqa o‘qiladi
Dvorkovich: YeIdagi migratsion inqirozni hal qilish uchun muammo ildizini yo‘q qilish kerak
Yevropa davlatlari duch kelayotgan migratsion inqiroz Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi ixtilof oqibatidir. Vaziyatni hal qilish uchun muammo o‘chog‘iga ta'sir o‘tkazish kerak.
Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich Italiyaning RIA-News 24 telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Immigratsion inqiroz Afrika va Yaqin Sharqdagi vaziyat oqibatidir. Xususan, Liviya ishlariga harbiy aralashuv oqibati. Ushbu muammoni hal qilmasdan inqirozni ham hal qilib bo‘lmaydi”, - dedi u.