Jahon | 09:41 / 04.09.2015
11817
3 daqiqa o‘qiladi

Gollandiyalik rejissyor bo‘g‘ma ilon tomonidan kichik bug‘uning yutilishi lavhalarini suratga oldi

Afrikada hujjatli film suratga olayotgan rejissyor antiqa hodisaning guvohi bo‘ldi. Gollandiyalik rejissyor 24 soat davomida bo‘g‘ma ilon tomonidan lanning (bug‘ularning bir turi) yutilishi jarayonini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Daily Mail nashri.

44 yoshli Barfuss ismli ushbu rejissyor bo‘g‘ma ilonni Janubi-G‘arbiy Afrikadagi Kvando daryosi bo‘yida payqab qoldi. U bo‘g‘ma ilon bug‘uning orqa oyoqlaridan tutib olib, uni bo‘g‘gan deb taxmin qildi.

Barfuss Afrikada yovvoyi itlar haqida hujjatli film suratga olayotgan paytda yaqinida nimadir shubhali narsa bo‘layotganini payqagan. “Men darhol suratga olish joyimni tark etib, nima bo‘layotganini ko‘rishga oshiqdim. Men u yerga borganimda, bo‘g‘ma ilon bug‘uni atrofida halqa hosil qilib bo‘g‘ib olgan edi”, deb eslamoqda ushbu voqeani rejissyor.

“Bu juda o‘ziga tortadigan jarayon bo‘ldi. Bug‘u bir qancha fursat yana tiriklik alomatlarini berib turdi, biroq ko‘p o‘tmay bo‘g‘ilib halok bo‘ldi”, deb qo‘shimcha qilgan Barfuss.

Barfuss voqeani kuzatishda davom etib, bo‘g‘ma ilon ovdan keyin juda toliqqanini qayd etdi. U o‘z o‘ljasini bir kunga tashlab ketib, voqea joyidan g‘oyib bo‘ldi. “Bu bo‘g‘ma ilon tomonidan ancha xatarli ish bo‘ldi, chunki Afrikada o‘laksa bilan tanovul qilishni istovchilar yetarlicha”, deb eslamoqda Barfuss. Biroq bo‘g‘ma ilon qaytib kelib, o‘z o‘ljasini yuta boshladi. Ilon bug‘uni to‘liq yutib yuborishi uchun unga 4 soat talab etildi.

“Afrikaga 10 yillik sayohatim va 71ta ekskursiyam davomida men birinchi marta bunday voqeaning guvohi bo‘lishim”, deb o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi rejissyor.