O‘zbekiston | 09:27 / 04.09.2015
20860
1 daqiqa o‘qiladi

IShID o‘zbekistonlik malakali ishchilarni o‘z saflariga jalb qilmoqda

IShID terrorchi tashkilotining O‘zbekiston hududidagi yashirin guruhlari o‘z tarkibiga malakali ishchilarni jalb qilishga harakat qilmoqda. Ularning bunday harakatlariga qarshi respublika huquq-tartibot kuchlari kurashmoqda.

O‘zbekistonlik mutaxassislarning ta'kidlashicha, ilgari odamlarni yollash oson bo‘lishi uchun ular Suriya va Iroqqa butun oilalari bilan taklif etilardi. Endilikda guruh ko‘p yillik ish tajribasiga ega va oliy ma'lumotli insonlarni o‘z harakatiga jalb qilishga intilmoqda.
Ta'kidlanishicha, terrorchi guruh rahbariyati ular nafaqat jang qila olishi, balki normal davlat qura olishini ham isbotlamoqchi. Bunday davlat tuzish uchun esa ko‘plab malakali kadrlar kerak bo‘ladi.

Aytilishicha, ayni paytda IShID shifokorlar, o‘qituvchilar, oshpazlar va maishiy xizmat ko‘rsatuvchilarga e'tibor qaratmoqda. Ularga oilalari bilan ko‘chib o‘tishlari uchun 20-30 ming dollar taklif qilinmoqda.