Jahon | 11:42 / 04.09.2015
2906
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada uy tomiga urilgan kichik samolyot yonib ketdi

Bir motorli Piper Cherokee samolyoti AQShning Kaliforniya shtati Santi shahridagi xonadon tomiga urilib, qo‘shni uy darvozasi qarshisiga qulab tushdi, deya xabar berdi Fox 5 San Diego.

Samolyot bortidagi ikki kishining biri hodisa joyida vafot etgan bo‘lsa, ikkinchisi shifoxonada joy bergan. Yerdagilardan esa hech kim jabr ko‘rmagan.

Aviamaktabga tegishli samolyot aholi yashash manzili yaqinidagi El-Kaxona aeroportidan havoga ko‘tarilishi bilanoq qulab tushib, qoldirib ketilgan ikki mashinaga borib urilgan va yonib ketgan. Hozircha samolyot shturvali ortida nimalar sodir bo‘lgani va falokatga nimalar sabab ekani noma'lum.

Hodisa guvohlaridan birining aytishicha, samolyot dvigateli noodatiy ovoz chiqargan va qulashni boshlagan. Samolyot boshqaruvchisining uni aeroportga tomon burishga bo‘lgan urinishlari zoye ketgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish