Jamiyat | 07:50 / 04.09.2015
9314
4 daqiqa o‘qiladi

KUN.UZ dayjesti: 3 sentabrda ro‘y bergan eng muhim xabarlar

E'tiboringizga 3 sentabr kuni ro‘y bergan eng muhim va qiziqarli voqealar, o‘quvchilar tomonidan faol ravishda muhokama qilingan xabarlar o‘ntaligini takroran havola etamiz.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Pekindagi harbiy paradda ishtirok etdi>>

Islom Karimov 3 sentabr kuni Xitoy poytaxtidagi Tyananmen maydonida boshlangan marosimda faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi.

BMT: 13 million bola urush tufayli maktabga bora olmayapti>>

Suriya, Iroq, Yaman va Liviyadagi 8850dan ziyod maktablar shikastlangan, to‘liq buzilgan yoki qochqin oilalar uchun boshpanalarga aylantirilgani bois o‘quvchilarni o‘z bag‘riga qabul qila olmaydi.

Pekindagi G‘alaba paradi: Fotogalareya>>

3 sentabr kuni Pekinning Tyananmen maydonida Xitoy xalqining Yaponiya militarizmi ustidan g‘alabasi hamda Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan tantanavor harbiy paradda 12 ming harbiy xizmatchi va 500 texnika birligi, shuningdek, 200 samolyot ishtirok etdi.

Savitskiy muzeyidan 581,625 mln so‘mlik 5ta surat o‘g‘irlangani ma'lum qilindi>>

2 sentabr kuni O‘zbekiston telekanali orqali efirga uzatiluvchi “Axborot” informatsion dasturida Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida joylashgan Igor Savitskiy nomidagi san'at muzeyidan beshta suratning yo‘qolgani holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani xabar qilindi.

O‘zbekistonda elektron savdo qoidalari to‘g‘risidagi qaror loyihasi ishlab chiqildi>>

Loyihaga binoan, O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik hamda qonunchilik asosida yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan jismoniy shaxslar elektron chakana savdo bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.

Osiyoda JCh-2018 saralashining ikkinchi bosqichida 3 tur o‘yinlari yakunlandi>>

3 sentabr kuni Osiyoda 2018 yilgi jahon chempionati va 201 yilgi Osiyo kubogi uchun saralash o‘yinlarida ikkinchi bosqichning 3 tur o‘yinlari o‘tkazildi.

Xominaiy: Eronga qarshi sanksiyalar olib tashlanishi kerak, to‘xtatilishi emas>>

Eron diniy rahnamosi Oyatulloh Ali Xominaiy mamlakatga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar saqlanib qolsa, yadroviy dastur to‘g‘risida hech qanday bitim bo‘lmasligini ma'lum qildi.

Putin tinchlikni saqlashda Ikkinchi jahon urushi saboqlarini hisobga olish zarurligini aytdi>>

Putin Rossiya va Xitoy xalqlari “bosqinchilar o‘zlarini vaqtinchalik bosib olgan hududlarida qanday shafqatsizlarcha tutganlarini va buning oqibati qanday ko‘p miqdorda qurbonlarga olib kelganini” unutmasliklari kerakligini ta'kidlab o‘tdi.

GM Uzbekistan va ishlab chiqaruvchilar ta'tildan so‘ng o‘z faoliyatini boshladi>>

GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi va avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilar 1 avgustda profilaktik ta'til olganidan so‘ng o‘z faoliyatini qayta boshladi.

O‘zbekiston davlat san'at muzeyidan o‘g‘irlab ketilgan suratlar Rossiyadan ortga qaytarildi>>

O‘zbekiston MXX ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston davlat san'at muzeyning sobiq rahbari Mirfayzi Usmonov muzeyning boshqa xodimlari bilan til biriktirgan holda asl nusxalarni soxtalari bilan almashtirish orqali davlatga 47,5 mlrd so‘mlik zarar keltirgan. 68 mingga yaqin suratlarni inventar tekshirish natijasida 178ta kartina soxtalashtirilgani, 2tasining yo‘qolgani aniqlandi.