Mirzacho‘lda 8 785 ga yerning meliorativ holati yaxshilandi
Mirzacho‘l hududida, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida joriy yilning 7 oyi mobaynida 8 785 ga sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilandi. Bu haqda “Oila davrasi” gazetasi yozmoqda.
“Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hosildorlikni oshirishning muhim omilidir, - deydi “Mirzacho‘ldavsumaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi mutaxassisi Shuhrat Omonov. – Fermer xo‘jaliklariga yordam berish xo‘jaliklararo kanallarni, kollektorlarni tozalash uchun hukumat tomonidan mablag‘ ajratilayotgani ham qishloq xo‘jaligi mulkdorlariga qo‘shimcha yengillik tug‘dirmoqda”.
“Viloyatda ham melioratsiya sohasida bunyodkorlik ishlari ko‘lamini yanada kengaytirish rejalashtirilmoqda, - qo‘shimcha qildi korxona ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Bekzod Muxtorov. – Buning uchun 2015 yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyasi buyurtmasiga ko‘ra 184 km li tarmoqlarida jami 2.399 mlrd so‘mlik ta'mirlash va tiklash ishlari, melioratsiya jamg‘armasi orqali 24 km uzunlikda 1.229 mlrd so‘mlik rekonstruksiya ishlari bajarildi. Natijada 8 785 ga sug‘ariladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilandi. Bu esa qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi oshishiga imkon yaratmoda”.