Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda 30 nafardan ziyodroq radikallar cherkovni yoqib yuborgani uchun umrbod qamoq jazosiga tortildi
Misrning janubida joylashgan So‘haga viloyatida yuzlab radikal islomchilar 2013 yilning yozida zo‘ravonlik qilgani va cherkovni yoqib yuborgani uchun umrbod va uzoq muddatli qamoq jazosiga tortildi. Bu haqda “Al-Yaum as-Sabia” gazetasi saytida ma'lum qilindi.
Viloyatning jinoiy sudi 31 nafar ayblanuvchiga umrbod qamoq jazosi (Misrda 25 yilga teng) tayinladi. Yana 57 nafar sudlanuvchi 15 yilga, 31 nafari 10 yilga qamoqqa yuboriladigan bo‘ldi.
Aksariyat qismi “Musulmon birodarlar” islom uyushmasi a'zolari bo‘lgan 119 nafar ayblanuvchidan 68 nafari bevosita sudda ishtirok etdi. Qolganlari esa qochqinlikda yuribdi. Umrbod va 15 yillik qamoq jazosiga tortilgan sudlanuvchilar Avliyo Georgiy cherkovi va ikki yil avval vayronagarchiliklar uyushtirgan boshqa joylardagi mol-mulkni yoqib yuborganlari, vayron qilganlari va talaganlari uchun tovon puli to‘laydigan bo‘ldi.
Qoralovchi tomon ayblanuvchilarga cherkovni yoqishdan tashqari o‘qotar va sovuq qurolga egalik qilish va 15 kishini qasddan o‘ldirish aybini ham qo‘ydi.