OAV: to‘ylarda Love Story namoyish etish urf bo‘lmoqda
Bugungi kunda O‘zbekistonning turli burchaklarida bo‘layotgan to‘ylarda yangicha urf-odatlar joriy etilmoqda. Jumladan, yirik shaharlarda kelin-kuyovning sevgi qissasi aks etgan videolavhalar – Love Story namoyish etish, yoshlarning vals tushishi urf bo‘lmoqda.
“Oila davrasida” chop etilgan maqolada bunday urf-odatlarning to‘ylarda kuzatilishi ustida mulohaza yuritildi.
Kelin va kuyovning vals tushishi haqida fikr yuritarkan, material muallifi “Kuyov bo‘lmish bir umrlik jufti halolini hammaga reklama qilgandek, ko‘z-ko‘z qilishi shartmidi?” deb savol beradi.
Bundan tashqari, muallifning fikricha, bu an'analar to‘yda ishtirok etayotgan balog‘at yoshidagi o‘g‘il-qizlarga ham salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin: “To‘yga kelganlarning yarmi balog‘atga yetgan o‘g‘il-qizlar. Bu “shahzoda va malika”mizning o‘rniga hozir nechtasi o‘zini qo‘yib ko‘rishdi ekan? Hamma narsaning ham chek-chegarasi bo‘lishi kerak emasmi?”.