Jahon | 16:11 / 04.09.2015
5994
2 daqiqa o‘qiladi

Olma-Otada 20 yoshli talaba kursdosh qizni o‘g‘irlab ketdi va o‘ldirdi

Olma-Otada mudhish qotillik ro‘y berdi: 20 yoshli talaba kursdosh qizini o‘g‘irlab ketib, uni o‘ldirdi. Politsiya jinoyatchini qo‘lga oldi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, politsiyaga qizning amakisini murojaat qilib, jiyanining yo‘qolib qolgani haqida ariza topshirgan. Shu ariza asosida surishtiruv ishlari olib borilgan.

Aniqlanishicha, qiz 31 avgust kuni soat 10:00da uydan chiqib ketgan. O‘sha kuni kechasi qizning amakisiga noma'lum raqamdan SMS-xabar kelgan. Uning muallifi erkakdan qizning omonligi uchun 4 tanga tovon puli talab qilgan.
Jinoyatchi qizning bank kartasidan pul yechib olayotgan chog‘da qo‘lga olingan. Uning qiz bilan kursdosh ekanligi, ilgari ular maktabda ham bitta sinfda o‘qiganligi aniqlandi.

Tergov jarayonida ma'lum bo‘lishicha, yigit, tovon puli talab qilganiga qaramay, o‘g‘irlik sodir etilishidan ozgina vaqt o‘tiboq qizni o‘ldirgan.
Tergov davom etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish