Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 18:06 / 04.09.2015
3292
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi koreyalik tadbirkorlar ishtirokida kooperatsion birja tashkil etadi
O‘zbek va koreys tadbirkor doiralari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Savdo-sanoat palatasi 2015 yilning 15 sentabr kuni koreys tadbirkorlari ishtirokida kooperatsion birja tashkil etishni rejalashtirgan. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi saytida xabar qilindi.
Mazkur tadbir doirasida koreys va o‘zbek kompaniyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar tashkil etiladi. Jumladan, yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikdagi biznes loyihalar bo‘yicha ikki tomonlama sherikchilik masalalari muhokama qilinadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish