Jahon | 15:14 / 04.09.2015
4568
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon AQSh kemalari Rossiyani kuzatib borayotganini tan oldi

Pentagon rasmiylari AQShning Rossiya dengiz chegaralari yaqinidagi okeanografik kemalari mamlakat haqida razvedka ma'lumotlarini to‘playotganini tan oldi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.

Aytilishicha, jurnalistning Rossiya chegaralarida AQSh kemalari bor-yo‘qligi haqidagi savolga idoraning mas'ul shaxslaridan biri shunday javob bergan: “Bor, albatta. Nima deb o‘ylaysiz, okeanografik kemalarimiz kitlarni o‘rganayaptimi?”.