Jahon | 09:48 / 04.09.2015
8135
1 daqiqa o‘qiladi
Pentagon: Xitoy va Rossiyani dunyo barqarorligi va xavfsizligini ta'minlashda biz bilan hamkorlik qilishga chaqiramiz
Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Xitoyni Osiyo-Tinch okeani miqtaqasi va uning tashqarisida yanada faolroq hamkorlik qilishga chaqirmoqda. Bu haqda payshanba, 3 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan brifing vaqtida Pentagon matbuot kotibi Piter Kuk ma'lum qilgan.
Uning qayd etishicha, Moskva va Pekin o‘rtasidagi faol muzokaralarni davom ettirish Vashington uchun “syurpriz emas”. AQSh Rossiya bilan ham, Xitoy bilan hamkorlik uchun imkoniyatlarni ko‘rmoqda. Biroq, o‘z navbatida, AQSh tomoni Rossiyaning ukrain inqirozidagi ishtirokidan norozi.
“Biz Rossiya va Xitoyni dunyoning Osiyo-Tinch okeani qismi va uning tashqarisida barqarorlik va xavfsizlik masalalarida biz bilan hamkorikni davom ettirishga chaqiramiz”, – dedi Kuk.