Jahon | 01:28 / 04.09.2015
3978
1 daqiqa o‘qiladi
Poroshenko hashamat uchun soliq kiritmoqchi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko soliq islohoti doirasida hashamat uchun soliq kiritilishi imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Ukraina milliy islohotlar kengashi yig‘ilishidagi materiallarda aytilmoqda.
“Davlat rahbari badavlatlik va hashamat buyumlarining soliqqa tortilishi kiritilishi kerakligi haqida fikr bildirdi”, deb aytilmoqda hujjatda.
Poroshenko, shuningdek, mehnat haqi fondi ochiq-oydinligini rag‘batlantirish zarurligini aytdi. “Soliqqa tortish darajasi iqtisodiyot riojlanishi va yangi ishchi o‘rinlari yaratilishini to‘xtatmasligi kerak”, deb aytdi Ukraina prezidenti.
Poroshenkoning aytishicha, yangi soliqlarning kiritilishida ijtimoiy to‘lovlar, jumladan pensiyalar hajmining kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.