15:36 / 04.09.2015
3831

Qarshida yangi avtostansiya qurilishi yakunlandi

Qarshi shahrining chetida yangi avtostansiyaning qurilishi yakunlandi. U tez kunlarda viloyat markazini Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘ tumanlari bilan bog‘laydigan yo‘lovchi avtobuslarini qabul qila boshlaydi.

Ushbu obektning qurilishi O‘zbekiston prezidentining 2013 yil 25 iyulidagi qarori bilan tasdiqlangan Qarshi shahri yo‘l-transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish va qayta qurish rejasi dasturiga muvofiq amalga oshirildi. Avtostansiya maydoni 1 ga ni tashkil qiladi. U Qarshi-Shahrisabz-Kitob avtomobil yo‘li ustida qurilgan.

“Pravda Vostoka” nashrining yozishicha, stansiya barcha zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lib, uning hududida kutish zali, onalar va bolalar xonasi, tibbiyot punkti, haydovchilar dam oladigan joy, oshxona, kassa va boshqa obektlar bor.

Top