Jamiyat | 19:05 / 04.09.2015
3800
4 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda “Keksalarning duosini olaylik” va “Keksasi bor xonadon – fayzli xonadon” respublika aksiyalari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 fevraldagi PQ-3202-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Keksalarni e'zozlash yili” davlat dasturining 39-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida 2015 yil 26 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat musiqa teatrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikassi boshqaruv bo‘limi, Qoraqalpog‘iston Resrublikasi “Nuroniy” jamg‘armasi, “Hunarmand” uyushmasi, tuman va shahar hokimiyatlari hamkorligida “Keksalarning duosini olaylik” va “Keksasi bor xonadon – fayzli xonadon” respublika aksiyalari o‘tkazildi.

Aktsiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlaridan 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari, mehnat faxriylari ishtirok etishdi.

Aktsiyani Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari M.Aleo‘ov tabrik so‘zi bilan ochib, Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarga, yurtimizda keksalarga qaratilayotgan e'tibor, ularga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar to‘g‘risida aytib o‘tdi.

Aktsiya davomida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i H.Qaypnazarov aksiya qatnashuvchilarini tabriklab, mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal rivojlanishi, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini topishi, keksalarga yuksak hurmat, e'tibor ko‘rsatilishi borasida Prezidentimizning olib borayotgan oliy maqsadli ishlari natijasi ekanligini ta'kidlab, kelgusida bundanda yuqori natijalarga erishishga va xalqimiz farovonligini orttirishga hissa qo‘shish har birimiz uchun ham qarz, ham farz ekanligini alohida e'tirof etdi.

Bundan so‘ng so‘zga chiqqan Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Sh.Usnatdinov “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida 91 nafar 1941-1945 yillarda urush qatnashchilariga zamonaviy televizorlar bilan ta'minlanganligini, 64 nafar yolg‘iz ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalarning turar joylari ta'mirlanganligini, 235 nafar urush va mehnat faxriylariga, nafaqadagi yolg‘iz keksalarga, nogironlarga ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida moddiy yordam ko‘rsatilganligini, Chimboy va Xo‘jayli tumanlaridagi muruvvat uylarida yoshovchi 318 fuqarolarning yotoqxona to‘plamlari, kiyim-kechaklar bilan ta'minlanganligini aytib o‘tdi. Bundan tashqari, “Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmasin” shiori ostida keksalar va nogironlardan 115 nafari Samarqandga, 169 nafari Buxoroga, 359 nafari Xivaga sayohatlari uyushtirilganligi olib borilayotgan ijobiy ishlarning yaqqol isboti ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat musiqa teatri foyesida tadbirkorlar va hunarmandlar mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazmada Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha shahar va tumanlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va hunarmandlar ishtirok etib, o‘zlarining xilma-xil mahsulotlarini aksiya qatnashuvchilari e'tiboriga havola etishdi.

Aktsiya davomida tashrif buyurgan 140 nafar keksalarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi va aksiya san'atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.

Aktsiya yakunida keksalar dasturxoniga taklif etilib osh tortildi va keksa nuroniylar duosi olindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish