15:10 / 04.09.2015
1973

Qozog‘iston va Turkiya mudofaa sanoatida hamkorlik rejasini tuzib chiqishdi

Ostonada mudofaa sanoati masalalari bo‘yicha Qozog‘iston-Turkiya hamkorlik komissiyasining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuv davomida ikki davlat ekspertlari 2015-2018 yillarda mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlik xaritasini ko‘rib chiqishdi. Unga bir qator o‘zgartirish va tahrirlar kiritildi.

Ma'lum qilinishicha, hujjat shu kunlarda imzolanadi.

Top