Jamiyat | 08:48 / 04.09.2015
6795
1 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirov islom davlatlarini dindoshlarga yordam berishga chaqirdi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov islom davlatlari yetakchilarini Yaqin Sharqdagi to‘qnashuvlardan aziyat chekayotgan dindoshlarini o‘z himoyasiga olishga chaqirdi.

“Men Turkiya, Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Ummon, Bahreyn, Kuvayt, Iordaniya, Malayziya, Qozog‘iston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Tojikiston va boshqa musulmon davlatlar yetakchilarini dindosh og‘a-inilarimizning himoyasiga turishga chaqiraman”, deb yozdi Qodirov ijtimoiy tarmoqlardan birida.

Qodirovning aytishicha, agar musulmonlar “G‘arbning vahshiyona siyosatiga” qarshilik ko‘rsatmasa, “bunday kulfat istalgan islom davlatiga kelishi mumkin”.