Sport | 09:12 / 04.09.2015
1689
1 daqiqa o‘qiladi

"Real"ning o‘tgan mavsumdagi daromadi 660 mln yevroga teng bo‘ldi

Madridning "Real" klubi direktorlar kengashi 2014/15 yilgi mavsum uchun moliyaviy hisobotni ma'lum qildi.

Marca nashrida yozilishicha, 2013/14 yilgi mavsumga qaraganda klub ishlab topgan mablag‘ 9,4 foizga ko‘paygan va 660,6 million yevroni tashkil qilgan.

Klubning operatsion daromadi 5,1 foizga oshgan va 557,7 million yevro bo‘lib turibdi. Soliqlarni to‘lashgacha bo‘lgan daromad esa 15 foizga oshib, 55,9 million yevroni tashkil qilgan.

Shuningdek, klubning aktivlari 41,6 million yevroga ko‘tarilib, 412 million yevroga teng bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish