Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio Tinto O‘zbekistondagi geologiya-razvedka ishlarinining ikkinchi bosqichini tugalladi
Britaniya va Avstraliyaning Rio Tinto kompaniyasi Namangan viloyatining G‘ova qishlog‘idagi obektda olib borilayotgan geologiya-razvedka ishlarinining ikkinchi bosqichini tugalladi. Bu haqda Trend nashri xabar bermoqda.
“Razvedka natijalari tahlil qilib chiqiladi, 2015 yil oxirida Rio Tinto O‘zbekistondagi keyingi faoliyati haqida qaror qabul qiladi. Kompaniya lisenzion kelishuvda nazarda tutilgan barcha moliyaviy majburiyatlarini bajaradi”, - dedi O‘zbekiston davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi vakili.
2012 yil noyabrida O‘zbekiston prezidenti “Namangan viloyatidagi G‘ova maydonida geologik o‘rganish ishlarini olib borish bo‘yicha loyihani amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi.
O‘sha yilning sentabrida Rio Tinto Namanganda mis konlarida razvedka ishlari olib borish uchun 5 yilga litsenziya oldi. Loyiha Rio Tinto’ning bo‘linmasi bo‘lgan GAVA EXPLORATION MChJ tomonidan amalga oshiriladi.
Kompaniyaning 3 yillik geologik razvedka dasturiga 2013-2015 yillarda 3 mln dollar sarflanadi.