Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu reklama ko‘rinishidagi har bitta tviti uchun 230 366 yevro miqdorida haq oladi
Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Twitter ijtimoiy tarmog‘ida yozgan tvitlari uchun ishlab topadigan mablag‘lari miqdori aniq bo‘ldi.
As nashrining Opendorse agentligi ma'lumotlariga tayanib xabar berishicha, portugaliyalik futbolchi har bitta reklama ko‘rinishidagi tviti uchun 230 366 yevro miqdorida mablag‘ ishlab topadi.
Solishtirish uchun, Ronalduning «Real»dagi jamoadoshi Xames Rodriges har bir tviti uchun 40 ming yevro, basketbolchi LeBron Jyeyms esa taxminan 125 ming yevro ishlab topadi.
Qayd etib o‘tish joiz, Ronalduning tvitterdagi akkauntiga 37,7 million foydalanuvchi obuna bo‘lgan (follou qilgan). Uning Madrid klubi safidagi yillik maoshi 21 million yevroni tashkil qiladi.