Iqtisodiyot | 08:43 / 04.09.2015
2446
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Xitoy yangi quvur orqali gaz yetkazib berish bo‘yicha memorandum imzoladi

Rossiya va Xitoy Uzoq Sharqdan yangi quvur orqali Xitoyga gaz yetkazib berish bo‘yicha memorandum imzoladi. Yetkazib beriladigan gaz hajmi va muddatlari keyinroq belgilanadi, deb aytdi jurnalistlarga “Gazprom” rahbari Aleksey Miller. 

“Bugun Rossiyaning Uzoq Sharq mintaqasidan Xitoyga gaz yetkazib berilishi bo‘yicha memorandum imzolandi. Memorandum “Gazprom” va xitoylik hamkorlar tomonidan imzolandi”, deb ma'lum qildi Miller.

Miller yetkazib beriladigan gaz hajmi va muddatlari tadqiqotlar asosida belgilanishini ta'kidlab o‘tdi.

“Ushbu loyiha “Gazprom” va CNPC (Xitoy Milliy neft-gaz korporatsiyasi) o‘rtasida yaqin besh yilga mo‘ljallangan strategik dastur doirasidagi uchinchi loyiha bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi Miller.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish